Iste’dodlar – hamisha yurt ardog‘ida PDF Печать E-mail
05.06.10 16:35

Poytaxtimizda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining konserti bo‘lib o‘tdi.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan konsertga o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar, o‘qituvchilar, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari taklif etildi.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur akademik litseyda ham iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, milliy va jahon san’ati durdonalaridan bahramand etish, pedagoglarning kasb mahoratini yuksaltirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida litseyning iste’dodli o‘quvchilari nufuzli xalqaro ko‘rik-tanlovlar, ijodiy festivallar, konsertlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

Konsertda o‘zbek va jahon bastakorlarining asarlari ijro etildi.

 

O‘zA, Nazokat Usmonova

 

Yosh rassomlar tanlovi

Samarqandda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga asosan o‘tkazilayotgan «Maftunkor ranglar jilosi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublika nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda uning quyi bosqichlarida saralangan o‘ttizdan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

– Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishiga alohida e’tibor qaratilayotir, – deydi Respublika nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Dilmurod Pardayev. – Jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarning ham tengdoshlari qatori ta’lim-tarbiya olishi, ijodiy qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadda o‘tkazilgan mazkur tanlovning turli bosqichlarida mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Tanlovda Samarqand shahridan Diyora Haqnazarova chizgan rasmlar yuqori baholanib, tanlovning yakuniy bosqichiga tavsiya etildi. Pastdarg‘omlik Shahzod Sobirov va ishtixonlik Qudrat Jo‘rayev keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

 

O‘zA, G‘.Hasanov

 

Yosh iste’dodlar tanlovi

«Maftunkor ranglar jilosi» respublika ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib chiqqan 14 nafar imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida iste’dodli, izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida rassomlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan mazkur an’anaviy tanlov ham ana shu maqsadga xizmat qilayotir.

Tanlov yakunida Sherobod tumanidagi 42-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Norxo‘jayeva birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Sariosiyo tumanidagi 52-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Hamadon Karimov, Sho‘rchi tumanidagi 36-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Rigina Girfanova hamda Muzrabot tumanidagi 44-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Sayyora Qurbonova keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

– O‘qib, izlanishimiz, salohiyatimizni namoyon etishimiz uchun g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Yurtboshimizdan minnatdormiz, – deydi tanlov g‘olibi Dilafro‘z Norxo‘jayeva. – Men Boysun tog‘i, bu yerdan o‘tkazilgan yangi temir yo‘l va mana shunday bunyodkorlik ishlari yurtdoshlarimizda cheksiz faxr hissini uyg‘otayotganini ranglarda aks ettirishga harakat qildim. Mazkur ijodiy ishim yuqori baholanganidan xursandman.

 

O‘zA, X.Mamatrayimov

 

Toshkent – bolalar nigohida

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan “Mening sevimli shahrim” mavzuida bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Undan mazkur saroy qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh rassomlar studiyasi o‘quvchilarining ijodiy ishlari joy oldi.

Tadbirda mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlar iste’dodini har tomonlama rivojlantirish, bilim va tafakkurini yuksaltirish, estetik didini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida qobiliyatli yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, iste’dodli farzandlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, bu borada zarur shart-sharoitni yaratishga oid ishlar hajmi tobora ortayotir.

Milliy san’atimizni ravnaq toptirish orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, asriy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Jamg‘arma tomonidan o‘tkazilayotgan turli ijodiy loyihalar bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir.

«Mening sevimli shahrim» mavzuidagi badiiy ko‘rgazmada bolalarning ona Vatanimiz, poytaxtimiz, uning so‘lim bog‘ va xiyobonlari, go‘zal tabiat manzaralari, samimiy va mehmondo‘st hamyurtlarimiz turfa bo‘yoqlarda, sodda va samimiy tarzda aks ettirilgan yuzga yaqin ijod namunasi bilan tanishish mumkin.

 

O‘zA, Nazokat Usmonova

Последние обновления за 19.08.10 16:18
 

Cайт Kultura.uz


На сайте Kultura.uz вы найдете все самые последние новости из мира культуры.

Культура Узбекистана, театральные премьеры, кинофильмы, премьеры фото и художественных выставок, все самое интересное только на сайте Культура.уз

История творческой жизни



Рассказывает Баходир Юлдашев

Для него театр — главное дело жизни. Он ему служит и уже достаточно много лет. подробнее

Полезные ссылки


Официальный сайт Фонда «Форум культуры и искусства Узбекистана»

www.fondforum.uz

Информационный портал Узбекистана «УЗИНФОРМ».

www.uzinform.org

Центральная детская библиотека им. А.С.Пушкина

www.biblioteka-pushkina.ru

Центральноазиатская туристская он-лайн компания

www.orexca.com

Журнал "San'at"

sanat.orexca.com

Персональная интерактивная стенгазета Узнета

barbaris.uz

Письма о Ташкенте

mytashkent.uz

Афиша


Афиша театров и кино театров

Кино

В этом месяце в кино


Начало
фантастика
Повелитель стихий
фэнтези
Потрошители
фантастика
Химера
ужасы
 
 
Сумерки. Сага. Затмение
фэнтези
Эксклюзивный обзор этого фильма, только на нашем сайте! Читать здесь>>>

 

Просмотрено статей : 20650

статистика


К нам заходят из...


Вход





2010, www.kultura.uz. by Iceman_racing e-mail: kultura_uz@mail.ru

Зарегистрировано в УзАПИ Свидетельство №0632 от 22.06.2010

но