“Beeline” 3G tarmog‘i hajmi va qoplami kengaygani haqida xabar beradi. Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida baza stansiyalari ishga tushirildi, buning natijasida signal va mobil Internet sifati yaxshilandi.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov shunday dedi: “Taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga har doim biz birinchi navbatda ahamiuat beramiz. Tarmoqning imkoniyatlarini kuchaytgan holda, biz har safar mijozlarimizga mobil aloqa yordamida ovozli va internet muloqoti uchun yanada qulay sharoitlarni taqdim etishga tayyormiz”.
Yangi uskunalar Nukusning Yernazar Alako‘z va A. Do‘snazarov ko‘chalarida signalning yuqori sifatini ta’minladi.