“Beeline” Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan birgalikda 2018 yilda boshlangan TUIT Mobile loyihasini davom ettirmoqda. Kompaniyaning texnik va IT bo'linmalari xodimlari TATU talabalarini "Beeline"ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashga o'rgatishadi. 3G va 4G tarmoqlarida maxsus o'rnatiladigan tayanch stantsiyalar yordamida talabalar TATUning asosiy binosi hududida real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta'minlay olishadi.
“Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya sohasi uchun bitiruvchilarni tayyorlaydigan asosiy universitet hisoblanadi. "Beeline"ning texnik mutaxassislarining qariyb 30 foizi TATU bitiruvchilari ekanlikalari ham e’tiborga loyiq, – deydi “Unitel” MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov. – Kasbiy yo'nalish doirasida biz mobil laboratoriyani jihozladik va sentyabrdan boshlab talabalar bilan tizimli mashg'ulotlar tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi kelgusida AKT mutaxassislari uchun amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga yordam beradi”.
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev: “O'tgan yili O'zbekiston tarixida birinchi marta TUIT Mobile mobil aloqa operatori va amaliy mashg'ulotlar uchun laboratoriya ishga tushirilgan edi. Bu o'quv jarayonini sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, bundan tashqari, bu mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari bilan hamkorlikdagi yangi bosqichga turtki berdi. Bugungi kunda TATUda talabalar uchun "Beeline" mutaxassislari tomonidan o'tkaziladigan birinchi ochiq amaliy mashg'ulot o'tkaziladi. Kelgusida mintaqaviy filiallarda shunga o'xshash sinflar orqali hamkorlikni mintaqaviy darajada olib borishni rejalashtirganmiz”.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida "Beeline"ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari TATU talabalari bilan birgalikda sinovli aloqani amalga oshirdilar va tayanch stansiyalarini ishga tushirdilar. “TUIT Mobile” to‘liq komplektatsiyaga ega: BaseBand Unit (signal ishlab chiqarishni ta’minlovchi blok), Remote Radio Unit (tashqariga chiqariladigan radioblok), antenna-fiderli trakt, transmissiyali bo‘lim, quvvatni boshqarish bo‘limi. Boshqacha qilib aytganda, bu trening yoki test uskunasi emas, balki butunlay mustaqil texnologik o‘rnatuv.
|
Other materials for the
|
|
28.01.2019 / 10:29:43
В 1997 году итальянский режиссёр Роберто Бениньи снял фильм "Жизнь прекрасна" - о судьбе еврея, скрывающего своего 5-летнего сына в нацистском концлагере. По сюжету, узник объясняет ребёнку - это игра. Следует избегать эсэсовцев, нельзя ныть, жаловаться и просить кушать - тогда он наберёт очки, и заработает приз - настоящий танк. Бениньи получил три премии Оскар, прославившись на весь мир (кстати, лично мне фильм показался красочным лубком). Однако, считая свою историю вымыш-ленной, режиссёр не догадывался - такой случай имел место на самом деле More... |
|
18.12.2018 / 10:33:17
"Beeline" Yandex.Musiqa xalqaro musiqa xizmati bilan hamkorlik loyihasini ishga tushirgani haqida e'lon qiladi. More... |
|
04.12.2018 / 10:45:51
Beeline "Extra" turkumidagi paketlar, shuningdek #Ko'pSo'zla akskiyasining amal qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar beradi. More... |
|
|
15.11.2018 / 14:11:51
Eng yirik aloqa operatori "Beeline" "Status Gold+" va "Status Platinum+" tarif rejalaridagi abonentlar uchun yanada ko'proq imtiyozlar taqdim etilishi haqida xabar beradi. Endi mazkur tarif rejalaridagi abonentlar O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlarlarni amalga oshirishlari mumkin. More... |
|
|
18.10.2018 / 14:40:02
"Beeline Business" "2+1" dasturi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Mazkur dastur doirasida korporativ abonentlar ikkita "Oltin raqam" ulab, qo'shimcha uchinchi "Oltin raqam"ni qo'lga kiritadilar. More... |