Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
31.07.2015 / 23:29:27
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirishda "O'zbekkino" Milliy agentligida olib boriliyotgan islohatlar“Elektron hukumat”ni rivojlantirish tizimida davlat organlari saytining samarali ishlashi, tashkilot faoliyatining shaffofligini ta’minlash, jismoniy va yuridik fuqarolar bilan interfaol internet muloqotni o’rnatish muhim ahamiyatga ega. Vazirlar Mahkamasining 355-sonli Qaroriga muvofiq, yaqinda o’tkazilgan davlat organlarida AKTni joriy etish monitoringida past ko’rsatkichlarga ega bo’lgan “O’zbekkino” Milliy agentligining sayti 115 ta sayt ichida 47-o’rinni egalladi. AKTni “O’zbekkino” Milliy agentligiga joriy etish holati, istiqboldagi rejalar xususida biz agentlik direktori Ahmadjon Umarovga 30-iyul kuni Milliy matbuot markazida “O’zbekkino” Milliy agentligining 2015-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlariga bag’ishlab, Agentlik rahbariyati ishtirokida “Milliy kinematogariyani rivojlantirish muammolari va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumanida bir qancha savollar bilan murojaat qildik. - “O’zbekkino’ Milliy agentligining saytida axborot ochiqligini ta’minlash qay darajada yo’lga qo’yish kelgusida belgilangan? - Axborot asrida yashar ekanmiz, biz albatta agentlikning saytiga kata ahamiyat bermoqdamiz. Unga agentlikning foliyati, yo’lga qo’yilgan interaktiv davlat litsenziyalashga oid xizmatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni joylashtirganmiz. Kelgusida ushbu xizmatni saytni yangi ko’rinishida to’liq elektronlashtirishni rejalashtirganmiz. Saytni yangi ko’rinishi ustida hozir ish olib borilmoqda. - YIDXPda “O’zbekkino” Milliy agentligi “Klik”, “SMS to’lov”, “Uz Card”, “M-Bankiing” onlayn to’lov orqali chiptalar sotishni rejalshtirganmi? - Kinoteatrlar faoliyatida islohat olib borgandan so’ng buni albatta yo’lga qo’yamiz. Sababi hozir kinoteatrlardagi tomoshabin o’tiradigan o’rindiqlar raqamlanmagan. Kishi duch kelgan joyga o’tirib olaveradi. Onlayn-to’lovi orqali chipta olish fuqarolar uchun ham, kinofilmni talab va taklif qonuni orqali iste’molchiga yetkazishda barchaga qulaylik yaratar edi. Buning uchun kinoindustriyaning bu haqidagi nizomga ushbu jihatni qo’shishimiz kerak. Eslatib o’tamiz, “O’zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini oshkoraligini ta’minlash maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog’ida - uzbekkino.uz, “Twitter”da – uzbekkino kabi sahifalariga ega. Undan kino ixlasmandlari agentlikda amalga oshiriliyotgan ishlar bilan doimiy ravishda tanishib borishlari mumkin.
Nigora Umarova
|
|