| Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
|
|
30.06.2019 / 02:36:36
San'at - go'zallik, estetik zavq, tarbiya ulashuvchi butun bir olam.![]() Bu olam ichiga qadam qo'ygan inson o'zini o'zgacha dunyoga tushib qolganday his qiladi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa, raqs san'ati barcha san'at sohalarini o'ziga qamrab oladi. Raqs shunday sehrli, jozibaliki insonni o'ziga rom etadi. Raqqosaning ko'nglida kechayotgan his tuyg'ulari va ichki kechinmalarini har bir harakati, uning plastikasida aks etishi tomoshabinni hayratga soladi. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida bitiruvchi 4-kurs xoreografiya jamoalari raxbari yo'nalishi talabalari bitiruv ( hamda yoshlar kuni munosabati bilan ) tadbir konserti tashkil etishdi. Konsert oliy maktab katta zalida bo'lib o'tdi. Oliy maktab katta zali gullar bilan bayramona bezatilgan. Konsertga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, buyuk Rajabiylar sulolasi vakili Hasan Rajabiy mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Katta zal oliy maktab o'qituvchi professorlari, talabalar, ota-onalar bilan gavjum. Konsert boshlandi. Konsert dasturida turli millat va zamomaviy raqslar joy olgan. Uyg'urcha, tatarcha, zamonaviy raqslar, qoraqalpoq raqslari, o'zbek milliy raqslari "Shoshmaqom", "Safti munojot" kabi go'zal raqslar va hattoki o'zbek milliy klassik durdonasi "Afandining besh xotini" spektaklini raqs harakatlariga moslagan holda ijro etishdi.
Ijro etilgan raqslar orasida balet va o'zbek milliy raqs harakatlari uyg'unlashgan "Safti munojot" raqsi tomoshabinlarga juda manzur bo'ldi. Har bir libos ijro etilgan raqsga mos kelgan va uni yanada jozibali chiqishiga sabachi bo'ldi. Liboslar to'g'ri tanlangan qo'shiqning harakteriga va musiqasiga mos. Musiqa va kiyilgan liboslardan qaysi millat raqsi ekanligini bir qarashda anglash mumkin. Bundan tashqari qoraqalpoq raqslari ijro etilganda butun zalga quvnoqlik kayfiyati ulashishdi. Talabalar nafaqat milliy raqslarimiz, zamonaviy raqslarni ham maromiga yetkazib ijro etishdi. Mehmon sifatida tashrif buyurgan Rajabiylar sulolasi vakili Hasan Rajabiy o'zbek milliy kuylaridan kuylab, milliy cholg'u asboblaridan tanbur chalib berib tomoshabinlar e’tibori va e'tirofiga sazovor bo'ldi. "Joziba" televizion ko'rik tanlovi g'olibalarini doira sadosi bilan ijro etgan "Maxmadona" raqsi konsert ko'rkiga ko'rk qo'shdi. Qizaloqlar yosh bo'lishiga qaramay tomoshabinlar ko'nglidan joy olishdi va ularning olqishiga sazovor bo'lishdi. Konsert juda quvnoq davom etdi. Afandining beshta xotini o'zbek milliy raqslarini ijro etib sahnaga fayz olib kirdi. Bir xotini xorazmcha, yana boshqasi surxoncha, andijoncha, farg'onacha raqslar bilan muxlislar ko'nglidan joy olishdi. Konsert dasturi ushbu raqs spektakli bilan yakunlandi. O'ylaymizki, oliy maktab bitiruvchilari o'zbek millati, uning urf-odatlarini o'zida aks ettirgan milliy raqslarimizni dunyoga tanitishdi deb bemalol aytsak, mubolag'a bo'lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirzoyev tomonidan fevral oyidagi muhim 5 ta tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida, san'at aynan raqs san'atini rivojlantirish uchun har bir bitiruvchi o'z viloyatida jonbozlik ko'rsatib, prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlashiga biz albatta ishonamiz.
Mirzakarimova Ro'zaxon Toshkent davlat va milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi san'atshunoslik yo'nalishi 1-kurs talabasi
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
















