Kirib kelayotgan Yangi 2018 yil arafasida “Beeline” “Status” tarif rejalari abonentlari uchun xalqaro roumingda muloqot uchun bepul SMS va daqiqalar to‘plamini taqdim etadi.
“Yangi Yil bayrami – sayohat uchun ajoyib vaqtdir. Bizning bayramona aksiyamiz bilan abonentlarimizning hordiqlari haqiqatdan ham yorqin, yaqinlar bilan muloqot esa yanada yoqimli bo‘ladi deb umid qilamiz!”, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksin Yefremov.
To‘plamda 30 bepul SMS va daqiqalar mavjud. Xizmat avtomatik tarzda dunyoning har bir nuqtasida amal qiladi (Camel-rouming doirasida har qanday ijobiy balansda amal qiladi).
Bepul SMS va daqiqalarning amal qilish muddati 2017 yilning 22 dekabr kunidan 2017 yilning 22 yanvar kuniga qadar. SMS va daqiqalarning qoldig‘ini *112#kodi orqali tekshirish mumkin.
Ketishdan avval saytimizda aksiya shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqishni tavsiya etamiz: https://beeline.uz/tashkentskaya-obl/about/press-center/press/news/details/tolko-v-beeline-novogodnyaya-mega-akciya-besplatnie-minuti-i-sms-v-mezhdunarodnom-rouminge/